WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 MayMayMay 2025 220 ko'rishlar

Talabalar turar joyida "Oʻzbek qizi" badiiy filmining namoyishi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 7-may kuni talabalar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish, ularni Vatanga muhabbat, fidoyilik va insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida Sanʼatshunoslik va sport fakulteti talabalar turar joyida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti va Qoʻqon shahar maʼnaviyat boʻlimi hamkorligida "Oʻzbek qizi" badiiy filmining namoyishi tashkil etildi.

Mazkur film oʻzbek xalqining mustahkam irodasi, milliy gʻururi hamda oʻzbek qizining fidoyiligi haqida hikoya qiladi. Unda Vatan oldidagi burch, insoniylik, sadoqat va sabr-toqat kabi yuksak fazilatlar yoritib berilgan. Film talabalarda katta taassurot qoldirib, ular orasida Vatanga sadoqat, oʻz tarixiga va milliy qadriyatlariga hurmat tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir yakunida talabalar film haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda bunday maʼnaviy-maʼrifiy tashabbuslarning doimiy ravishda davom etishini tilga oldilar.

Boshqa yangiliklar