WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
18 AprelAprelAprel 2026 13 ko'rishlar

Xalqaro ekspertlar ishtirokida biznes ta’limi sifatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Xalqaro ekspertlar ishtirokida biznes ta’limi sifatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Tashkentda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda Association of MBAs va Business Graduates Association (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir oliy ta’lim tizimida sifatni oshirish, xususan biznes ta’limi yo‘nalishida xalqaro standartlarni joriy etish masalalariga bag‘ishlandi.

Seminar davomida AMBA & BGA xalqaro ekspertlari tomonidan zamonaviy akkreditatsiya talablari, ta’lim dasturlarini baholash mezonlari hamda ilg‘or xorijiy tajribalar yuzasidan muhim ma’lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilar uchun bu nafaqat nazariy bilimlarni boyitish, balki xalqaro ekspertlar bilan bevosita muloqot orqali amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini ham yaratdi.

Ushbu nufuzli seminar-treningda universitetimizning mas’ul vakillari faol ishtirok etib, biznes ta’limi sifatini oshirish, xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish borasida muhim tajriba orttirdilar.

Boshqa yangiliklar