WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 OktabrOktabrOktabr 2025 21 ko'rishlar

“Masʼuliyatli ota-onalik” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi

Yurtimizda yoshlarning barkamol shaxs sifatida kamol topishi, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, mustahkam va sog‘lom oilalarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, suhbatlar va treninglar tashkil etilmoqda.

Shu yo‘nalishda Qo‘qon davlat universitetida ham yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash, ularda mas’uliyat hissini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Ana shunday ezgu maqsadlar asosida universitetda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” yo‘nalishida ishlab chiqilgan maxsus dastur doirasida “Mas’uliyatli ota-onalik” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

 

Boshqa yangiliklar