Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida sport bellashuvi tashkil etildi
“Yoshlar kuni” hamda “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Sport klubi hamda Pedagogika fakulteti hamkorligida 1-bosqich Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasi tashkil etildi.
Bellashuv jarayonida talabalar o‘zlarining jismoniy faolligi, jamoaviyligi va ijobiy energiyasi bilan ajralib turishdi. Tadbirda 3 jamoa ishtirok etdi va natijalar quyidagicha bo‘ldi:
🥇 1-o‘rin – “Lochinlar”
🥈 2-o‘rin – “G‘alaba”
🥉 3-o‘rin – “Tulporlar”
Musobaqa do‘stona muhitda, yuqori kayfiyatda o‘tdi hamda talabalarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
Yakunda g‘olib va faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirilib, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.