WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
05 AprelAprelAprel 2025 61 ko'rishlar

Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan talaba-yigitlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Buyuk sarkarda, qudratli saltanat asoschisi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan O‘zbek va rus filologiyasi fakultetida “Adolat va qudrat sohibi” haftaligi doirasida “Ajdodlarga munosib avlod bo‘lamiz” nomli talaba-yigitlar bellashuvi tashkil etildi.

Mazkur tadbir yigitlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, tarixiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temurning ibratli hayoti va faoliyatini o‘rganish maqsadida o‘tkazildi.

Bellashuv davomida talabalar o‘z jismoniy va intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar. Tadbir ishtirokchilari tarixiy bilimlar, sport va madaniy-saviyaga oid bir qator shartlar bo‘yicha bellashib, faol ishtirok etdilar.

Boshqa yangiliklar