26 AprelAprelAprel 2024
52 ko'rishlar
An’anaviy intellektual bellashuv o‘tkazildi.
Ushbu bellashuv yo‘nalishga o‘tiladigan mutaxassislik fanlariga doir savollar asosida tashkil etildi. 4 bosqichda o‘tkazilgan bellashuv talabalarning o‘tilgan va o‘tilayotgan fanlarga qiziqishining oshishiga va takrorlash uchun asos bo‘lganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Guliston davlat pedagogika institutining “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi o‘quv yili davomida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlari doirasida bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Shu doirada an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga muvofiq “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishining 1 hamda 2-bosqich talabalari o‘rtasida 7 jamoadan iborat bellashuv o‘tkazildi.