WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 DekabrDekabrDekabr 2024 35 ko'rishlar

Dubayga yo‘llanma, zavqli konsert va e’zoz – ishchi-xodimlarga e’tibor ko‘rsatildi.

Bugun Qo‘qon davlat pedagogika institutida faoliyat yuritayotgan fidoyi, o‘z kasbining chinakam mehnatkashlari, ilg‘orlari bo‘lgan ishchi-xodimlarning mehnatini qadrlash va ularga e’tibor ko‘rsatish maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut birinchi prorektori Ahmadjon Husanov, moliya va iqtisodiy ishlari bo‘yicha prorektor Jasur A’zamovlar ochib berdi va institutning halol, mehnatkash ishchi-xodimlarining mehnatini e’tirof etib, ularning sha’niga eng munosib ta’riflar va tilaklar bildirdilar.

Shundan so‘ng, yil davomida o‘z xizmat vazifasini sidqidildan ado etgan ishchi xodimlarga esdalik sovg‘alar topshirildi. 4 nafar xodimga Dubayga sayohat yo‘llanmasi berildi.

So‘zga chiqqan xodimlar, ularning faoliyatiga berilayotgan e’tibor, kamtarona mehnatining yuksak darajada qadrlanayotganidan mamnunligini ta’kidlashib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Tadbir Amaliy fanlar fakultetining san’at ustalari tomonidan tayyorlangan qiziqarli konsert dasturi bilan yakunlandi.  

Bugun ko‘rsatilgan mehr-e’tibordan xursand bo‘lgan ishchi-xodimlar behad mamnun bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar