WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
21 FevralFevralFevral 2026 15 ko'rishlar

Ispaniyaning Leon oliygohida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ KA171 loyihasi doirasidagi xizmat safari

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti rektori Bozorov Otabek Nashvandovich, umummetodologik fanlar kafedrasi professori Eshonqulov Ravshan Abdurazzakovich hamda Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Muxammadiyev Suxrob Baxtiyor o'g'li hozirda Ispaniyaning Leon oliygohiga Yevropa Ittifoqining Erasmus+ KA171 loyihasi doirasidagi xizmat safariga borib kelishdi

Tashrifning ilk kunida Leon universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Xose Alberto Benites Andrades, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig'i

Xorxe Ferrer Sevillano va xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Kristina Garsiya del Amolar bilan birgalikda safar tavsilotlari muhokama qilindi. Hafta davomida iqtisodiyot, muhandislik, ijtimoiy gumanitar va biologiya fakultetlari bilan uchrashuvlar kelishib olindi.

 

Mazkur tashrif davomida hamkor universitet bilan o‘zaro tajriba almashish, akademik almashinuvlarni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish va istiqboldagi yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.

 

Xizmat safari universitetimizning xalqaro aloqalarini mustahkamlash, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yanada faollashtirishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar