Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti hamda Yaponiyaning National Institute of Technology (KOSEN) o‘rtasidagi akademik hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib, amaliy hamkorlikning yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda.
Xalqaro aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri sifatida, Baqoyev Navro‘zjonning faol sa’y-harakatlari natijasida 2026-yil 17–18-fevral kunlari National Institute of Technology (KOSEN) xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Ouchi Shinichiro institutga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori P. Lutfullayev bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda: o‘zaro akademik hamkorlik istiqbollari, talabalar almashinuvi imkoniyatlari, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari, kelgusidagi qo‘shma loyihalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mehmon institutda yaratilgan zamonaviy o‘quv muhiti, innovatsion ta’lim infratuzilmasi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Institutda amalga oshirilayotgan ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar yaponiyalik hamkor tomonidan yuqori baholandi. Tashrif davomida talabalarga KOSEN tizimi, uning muhandislik ta’limidagi tajribasi, xalqaro dasturlari va stipendiya imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Bu esa yoshlarning xalqaro ta’limga qiziqishini oshirishga xizmat qildi. JAP-AU-23 guruhi talabalari tomonidan institut yutuqlari, xalqaro loyihalar va ta’lim imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar namoyish etildi. Talabalarning faolligi va tashabbuskorligi mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.