WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
21 AprelAprelAprel 2024 11 ko'rishlar

Akademik mobillik almashinuvi

TFI Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedrasida S.D.Asfediyarov nomidagi Qozogʻiston milliy tibbiyot universiteti professori A.K.Bashkayeva tomonidan akademik mobillik almashinuv doriasida TFI talabalari oʻrtasida seminar-trening oʻtkazildi.

Dunyoning nufuzli 1000 taligi ro‘yxatidan joy olgan S.D.Asfediyarov nomidagi Qozogʻiston milliy tibbiyot universiteti “Farmatsevtik va toksikologik kimyo, farmakognoziya va botanika” kafedrasi professori Bashkayeva Assel Kenesovna tomonidan akademik mobillik almashinuvi doirasida “Dori vositalarini standartlash” fanidan ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedrasi bilan hamkorlikda sanoat farmatsiya yo‘nalishi 3-bosqich, 307-AB va 308-AB guruh talabalariga “Sintetik dori vositalar olish” mavzusida ma’ruzalar o‘tildi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilarga treninglar o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar