WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
02 IyulIyulIyul 2026 15 ko'rishlar

UrDUda ACQUIN xalqaro akkreditatsiya ekspertlarining tashrifi boshlandi

Germaniyaning ACQUIN tashkiloti xalqaro ekspertlar guruhi UrDU rektori Feruza Madrahimova bilan uchrashib, 9 ta ta'lim dasturini akkreditatsiyadan o'tkazish jarayonlarini boshladi.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlarining tashrifi boshlandi. Tashrif doirasida Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi, Marketing, Turizm, Oziq-ovqat texnologiyasi hamda Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha 9 ta ta'lim dasturi baholanadi. UrDUga ACQUIN dastur menejeri Janine Igl, Oxford universiteti vakili Damon Mohebbi hamda Trier Amaliy fanlar universiteti professori Dr. Arash Sadeghi Mehr tashrif buyurishdi. Rektor Feruza Madrahimova va Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi vakili Dilmurod Maxmarejabov ishtirokida o'tgan uchrashuvda 2–3-iyul kunlaridagi akkreditatsiya jarayonining tashkiliy masalalari va ta'lim sifatini xalqaro mezonlar asosida baholash rejalari muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar