18 MartMartMart 2026
34 ko'rishlar
Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi v.b. dotsenti Madmusayev Jaxongir 2026-yil 9–15-mart kunlari Hindiston Respublikasida tashkil etilayotgan xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etdi.
Kurs davomida zamonaviy raqamli ta’lim texnologiyalari, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar hamda global janub mamlakatlari o‘rtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur xalqaro dasturda ishtirok etish professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda ularni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.