Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish boshlandi
Abituriyentlardan arizalar 6-iyundan 20-avgustgacha onlayn.tsul.uz orqali qabul qilinadi. Qabul suhbat asosida, onlayn va oflayn shaklda o‘tkaziladi. Kerakli hujjatlar: — pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat; — oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi.
Abituriyentlardan arizalar 6-iyundan 20-avgustgacha onlayn.tsul.uz orqali qabul qilinadi.
Qabul suhbat asosida, onlayn va oflayn shaklda o‘tkaziladi.
Kerakli hujjatlar:
— pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
— oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi.
Suhbat jarayonida abituriyent 4 ta savoldan iborat bilet tanlaydi va tayyorlanish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
Abituriyentlarni baholashda:
— dunyoqarashi
— kasbiy ishtiyoqi;
— intellektual salohiyati;
— ma’naviy-axloqiy fazilatlari hisobga olinadi.
56 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyent suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.
Batafsil ma’lumot uchun +998 97 198-00-80 telefon raqamiga murojaat qiling.
Ma’lumot uchun: suhbat vaqti boshlanishidan kamida bir oy oldin, suhbat jadvali esa 10 kun oldin universitetning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.