WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 MayMayMay 2024 55 ko'rishlar

Ingliz tilini aniq maqsadlar uchun o‘qitishning (ESP) ilg‘or va innovatsion strategiyalari muhokama qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Ingliz tilini aniq maqsadlar uchun o‘qitishning (ESP) ilg‘or va innovatsion strategiyalari, muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Gibrid formatda o‘tkazilgan anjumanda AQSH, Buyuk Britaniya, Filippin davlatining nufuzli universitetlari, Toshkent shahridagi Vebster universiteti, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti, Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti, shuningdek, respublikamizdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari, TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey professor-o‘qituvchilari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
 

Boshqa yangiliklar