WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
07 MayMayMay 2025 80 ko'rishlar

“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan”

Qo‘qon davlat universiteti San’atshunoslik va sport fakultetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir yoshlar ongida sog‘lom fikrni shakllantirish, ularning ma’naviy immunitetini mustahkamlash hamda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy barqarorlikni ta’minlash yo‘lida universitetda olib borilayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Davra suhbatida universitet dotsenti, islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) F. Qo‘shbayev ma’rifatning jaholat ustidan ustuvorligi, bilim va tafakkurning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, u bugungi globallashuv sharoitida dunyodagi mafkuraviy manzara tobora murakkablashayotgani, bu esa tinchlik va totuvlikka jiddiy tahdidlar tug‘dirayotganini ta’kidladi.

Tadbir yakunida ishtirokchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Boshqa yangiliklar