WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
05 IyunIyunIyun 2026 23 ko'rishlar

Samarqand davlat pedagogika institutiga Qozog‘iston Respublikasining Shokan Ualixonov nomidagi Ko‘kshetau universiteti prorektori Aygul Doszhanovna Zhakupova hamda Qozog‘iston Kumush universitetlar assotsiatsiyasi kotibi Moldir Zhumabekkyzy Talpakovalar t

Samarqand davlat pedagogika institutiga Qozog‘iston Respublikasining Shokan Ualixonov nomidagi Ko‘kshetau universiteti prorektori Aygul Doszhanovna Zhakupova hamda Qozog‘iston Kumush universitetlar assotsiatsiyasi kotibi Moldir Zhumabekkyzy Talpakovalar tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida tomonlar oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, akademik mobillik va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib bordi. Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.



Muloqot yakunida Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Shokan Ualixonov nomidagi Ko‘kshetau universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Boshqa yangiliklar