WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
10 DekabrDekabrDekabr 2025 144 ko'rishlar

Qo‘qon davlat universiteti Magistratura bo‘limining 2-bosqich magistrantlari ishtirokida “Korrupsiya – jamiyat tanasidagi saraton” mavzusiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida korrupsiyaning davlat boshqaruvi, iqtisodiy rivojlanish va jamiyat ma’naviyatiga yetkazadigan zararli oqibatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Yoshlar o‘rtasida huquqiy ongni yuksaltirish, halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning mas’uliyati keng muhokama qilindi.

Tadbirning eng qiziqarli qismi sahnalashtirilgan chiqishlar bo‘lib, unda magistrantlar korrupsiyaning hayotiy misollardagi ko‘rinishlari, unga qarshi kurashning zarurati hamda halollikning ahamiyatini badiiy tarzda yoritib berdilar.

Yakunda korrupsiyani ildizi bilan yo‘qotish uchun har bir insonning halol mehnati, fuqarolik pozitsiyasi va mas’uliyatli munosabati muhim omil ekani ta’kidlandi.

Boshqa yangiliklar