WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
06 FevralFevralFevral 2025 60 ko'rishlar

"Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyatining ko‘zgusi" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Bugun, 6-fevral kuni Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talaba-qizlarining milliy liboslar va milliy qadriyatlarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekani I. Rasulov, dekan o‘rinbosari D. Rahmatullayeva, fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar  ishtirok etishdi. Unda xalqimizning boy tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, dunyoqarashi, estetik qarashlari mujassam bo‘lgan hozirgi kundagi milliy liboslar jozibasi hamda qadriyatlar, urf-odatlar haqida fikr-mulohazalari bildirildi.

Tadbirdan asosiy maqsad yoshlar qalbida milliy urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimizga bo‘lgan  mehr -muhabbatni  kuchaytirish, talaba-qizlarning estetik didini o‘stirish va  milliy liboslarimizga  bo‘lgan  qiziqishini  yanada  kuchaytirishdan iborat.

Tadbirda milliy liboslar ko‘rgazmasi hamda etnografik chiqishlar namoyish etildi.

Boshqa yangiliklar