29 SentabrSentabrSentabr 2025
65 ko'rishlar
“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori – ustoz va murabbiylar!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi
Qo‘qon davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetining iqtidorli talabalari tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori – ustoz va murabbiylar!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning yosh avlodni tarbiyalash va bilimli, komil inson qilib voyaga yetkazishdagi o‘lmas xizmatlari e’tirof etildi. Talabalar o‘z chiqishlarida she’r, sahna ko‘rinishlari hamda ijodiy chiqishlar orqali ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtiromlarini ifoda etishdi.