WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
17 AprelAprelAprel 2026 81 ko'rishlar

Ta’lim va investitsiya uyg‘unligi yo‘lida muhim bitim

Xitoyning Shaanxi Foreign Economic Relations & Trade Construction Group Co., Ltd. kompaniyasi hamda universitet o‘rtasida strategik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Strategic Cooperation Framework Agreement imzolandi.

Mazkur kelishuv ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, investitsion loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, hamkorlik natijasida universitetda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalar uchun amaliyot va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bu esa yosh mutaxassislarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

Tomonlar mazkur kelishuv o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.

Boshqa yangiliklar