Ilmiy izlanishlar sari muhim qadam
Olmaliq davlat texnika institutida “Web of Science” hamda “Springer Nature” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish va nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan yosh tadqiqotchilar uchun katta amaliy ahamiyat kasb etib, ilmiy maqolalarni tayyorlash, tanlash va xalqaro bazalarda e’lon qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan boyitildi.
👩🔬👨🔬 Seminarda ODTI dagi barcha tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda stajyor-tadqiqotchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
🎙Ushbu seminar-trening ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashuvni jadallashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.