WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
27 MartMartMart 2026 7 ko'rishlar

JDPUda rus tilini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Umumta’lim va inklyuziv muhitda rus tilini o‘qitish metodikasi: zamonaviy yondashuvlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi

Unda ta’lim jarayonida zamonaviy metodlar, inklyuziv muhitda o‘qitish strategiyalari, baholash va sertifikatsiya masalalari muhokama qilindi. Anjumanda ta’limni raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va innovatsion pedagogik yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda Rossiya, Fransiya, Janubiy Koreya va Hindistondan yetakchi olimlar ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan xalqaro tajriba almashinuvi uchun muhim ilmiy maydon yaratdilar.

Boshqa yangiliklar