WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
27 MayMayMay 2024 41 ko'rishlar

Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari: muammo va ularning yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston va xorijlik olimlar hamda soha mutaxassislari, doktorantlar, magistrlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Konferensiya yalpi majlisini ochib bergan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Nurbek Jo‘rayev tomonidan so‘nggi yillarda mamlakatimizda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ularning ta’lim olish huquqini kafolatlash va ta’minlash borasida muhim qadamlar tashlangani qayd etildi.

Konferensiyaga to‘plangan olimlar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim sharoitida ta’lim–tarbiya berishning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, sohada mavjud muammolarning zamonaviy yechimlarini amaliyotga tatbiq etishning dolzarb masalalari, inklyuziv ta’limni o‘qitishda yuqori kompetensiyaga ega mutaxassislarni tayyorlashga oid vazifalar, sohadagi ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilishdi.

Amaliyotda erishilgan natijalar haqida fikr almashgan ishtirokchilar yakunda inklyuziv ta’limni rivojlantirishning istiqbollari xususida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Boshqa yangiliklar