22 AprelAprelAprel 2024
51 ko'rishlar
Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Musiqa ta’limi tizimida sifatli ta’lim samaradorligini takomillashtirishda innovatsion va integratsion yondashuvlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyaning ochilish qismida institut rektori Dilnoza Xodjayevaning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. So‘zga chiqqanlar xalqaro konferensiyaning bugungi kundagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Xalqaro konferensiya “Oliy ta’lim tizimida dars sifatini takomillashtirishda innovatsion va integratsion yondashuv mexanizmlari”, “San’at yo‘nalishlaridagi bo‘lajak kadrlarni tayyorlashda xorij tajribasini o‘rganishning nazariy va amaliy asoslari”, “Musiqa fanlarining boshqa fanlar bilan o‘zaro integratsiyasi”, “Umumta’lim maktablari musiqa darslari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari musiqa mashg‘ulotlari jarayonida milliy cholg‘ularga o‘rgatish uslubiyati” kabi yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini olib bordi.