Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasida 2025-yil 14-noyabr kuni “Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari: ta’lim va tarbiya jarayonida didaktik vositalardan foydalanishning dolzarb vazifalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori, professor Yuldashev Maqsud Abdullayevich ochib berib, mamlakatimizda ta’lim sohasi, xususan maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlariga berilayotgan e’tibor, zamonaviy didaktik vositalar va sun’iy intellektning o‘quv jarayonidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.Konferensiyada O‘zbekiston bilan bir qatorda Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarning yetakchi olimlari, pedagoglari va metodistlari ishtirok etib, boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari, innovatsion metodlar, sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari, xalqaro baholash dasturlari hamda ilg‘or pedagogik yondashuvlar bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etdilar.