WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
27 IyulIyulIyul 2026 28 ko'rishlar

Yana bir xalqaro e’tirof!

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev nufuzli International League for Competition Law (LIDC) xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘ldi.

  E’tiborlisi, u O‘zbekistondan ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan ilk vakil sifatida tarixga kirdi.

  1930-yilda tashkil etilgan LIDC bugungi kunda raqobat huquqi, intellektual mulk huquqi va insofsiz raqobatga qarshi kurashish yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi dunyoning yetakchi ekspertlarini birlashtirgan nufuzli xalqaro tashkilot hisoblanadi.

  Mazkur a’zolik, O‘zbekistonning xalqaro huquqiy hamjamiyatdagi vakilligini kengaytiradi, TDYUning xalqaro ilmiy nufuzini yanada mustahkamlaydi, xorijiy ekspertlar va yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

  Professor Baxshillo Xodjayevni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy hamda xalqaro faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Boshqa yangiliklar