WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 SentabrSentabrSentabr 2024 17 ko'rishlar

Universitetda yana bir ko‘ngilli o‘qituvchi ish boshladi

Gabrielle Klema Buxoro davlat universitetida 9 oy davomida ETA (English Teaching Assistant) dasturi doirasida ish olib boradi

Universitetda yana bir ko‘ngilli o‘qituvchi ish boshladi Universitetimizga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ta’lim bo‘yicha koordinatori Jamila Nasriddinova hamda Buxoroda o‘z faoliyatini boshlayotgan 2 nafar AQShlik ko‘ngilli o‘qituvchi tashrif buyurishdi. Ko‘ngilli o‘qituvchilardan biri Gabrielle Klema Buxoro davlat universitetida, Kolton Povaski (Colton Powaski) esa Buxoro davlat pedagogika institutida 9 oy davomida ETA (English Teaching Assistant) dasturi doirasida ish olib borishadi. ETA dasturi AQShlik o‘qituvchilarning mahalliy o‘qituvchilarga yordam beruvchi ko‘ngilli mutaxassis sifatida ishlashlarini nazarda tutuvchi maxsus dasturdir. Mehmonlar bilan uchrashuv Xorijiy tillar fakultetida o‘tkazilib, unda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Jo‘rayev, fakultet dekani N.Ataboyev, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi mudiri D.Xodjayeva hamda professor A.Haydarovlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda ko‘ngilli o‘qituvchining ish faoliyatiga bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Gabrielle Klema adabiyotshunoslik hamda tarjimashunoslik bo‘yicha tahsil olgan bo‘lib, bir necha tillarda gaplasha oladi. Gabriellega Buxoro davlat universiteti jamoasiga xush kelding deb, faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Boshqa yangiliklar