WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
30 NoyabrNoyabrNoyabr 2024 39 ko'rishlar

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Kuz-qish mavsumida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, is gazidan zaharlanishlarni oldini olish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bunda yongʻinga qarshi koʻrgazmali oʻquv soatlari tashkil qilish muhim ahamiyatga ega.

Bugun Qoʻqon davlat pedagogika instituti Favqulodda vaziyatlar va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan Qo‘qon shahar FV bo‘limi bilan hamkorlikda navbatdagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda yongʻin holatlari kelib chiqish sabalari, xavfli texnogen vaziyatlarda harakat qilish qoidalari, is gazidan zaharlanishlarni oldini olish, elektr va gazdan foydalanayotganda doimo ogoh boʻlish lozimligi talabalarga batafsil tushuntirib oʻtildi.

Boshqa yangiliklar