26 IyunIyunIyun 2025
86 ko'rishlar
“Dolzarb 90 kun” doirasida kompyuter savodxonligi toʻgaragi tashkil etilmoqda.
Qoʻqon davlat universiteti Kimyo texnologiyalari va tabiiy fanlar fakultetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida talabalar uchun kompyuter savodxonligi toʻgaragi oʻtkazilmoqda.
Mazkur to‘garakdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy dasturlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish hamda axborot xavfsizligi haqida tushunchalar berishdan iborat.
To‘garak mashg‘ulotlarida talabalar amaliy topshiriqlar asosida ofis dasturlarida ishlash, fayl tizimi bilan samarali ishlash, internetdan maqsadli foydalanish va xavfsizlik choralarini qo‘llash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqdalar.