15 NoyabrNoyabrNoyabr 2024
44 ko'rishlar
Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “O‘zbekiston — bag‘rikeng diyor” shiori ostida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
Amaliy fanlar fakultetida o‘tkazilgan tadbirda jamiyatimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga alohida urg‘u berildi.
Ma’lumot o‘rnida, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 15-noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida yurtimizda har yili 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” tashkil etiladi.