WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 AvgustAvgustAvgust 2025 37 ko'rishlar

“Dolzarb 90 kun” doirasida o‘rtoqlik o‘yini tashkil etildi.

Joriy yilning 11-avgust kuni Qo‘qon davlat universitetining "QDU" jamoasi hamda "Baqachorsu" mahallasi yoshlari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport tadbiri “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash hamda universitet va mahalla hamkorligini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvni Qo‘qon davlat universiteti birinchi prorektori Ahmadjon Husanov bevosita tomosha qildi va yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi, harakatdagi jipsligi hamda tashabbuskorligiga yuqori baho berdi.

O‘yin jonli va murosasiz tarzda o‘tdi. "QDU" jamoasi 8:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Bunday uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, sport madaniyatini rivojlantirish va jamoaviylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar