WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
20 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 141 ko'rishlar

Xorijiy filologiya fakultetida “Yoshlar festivali” doirasida “Talaba — yurt umidi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirdа yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga muhabbat va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhini mustahkamlash, shuningdek, iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi. 

Tadbirda birinchi prorektor Ahmadjon Husanov, fakultet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Yakunida iqtidorli va faol talabalar taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar