13 SentabrSentabrSentabr 2024
60 ko'rishlar
Xorijda yashovchi vatandoshlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan.
Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan arizalar 2024-yil 5-15-sentyabr kunlari qabul qilinadi.
Arizalarni ushbu havola orqali yuborishingiz mumkin
https://xalqaro.urspi.uz/