01 MayMayMay 2024
56 ko'rishlar
Minskda Belarus-O‘zbekiston professional ta‘lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. TDIU rektori qator unvonlar bilan taqdirlandi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori professor To‘lqin Teshabayev Minsk shahrida bo'lib o'tayotgan Belarus-O'zbekiston professional ta'lim forumida ishtirok etmoqda.
Unda rektorimizning ikki davlat oliy ta'lim sohasini rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi e'tirof etilib,
Belarus davlat informatika va radioelektornika universitetining "Oltin darajali" ko'krak nishoni, Polotsk davlat universitetining
"Faxriy ko'krak nishoni" hamda ushbu universitetning "Faxriy professori" unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, forum ishida Polotsk davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
o'rtasida hamkorlikning keyingi bosqichlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga doir qator
ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.