24 IyunIyunIyun 2026
10 ko'rishlar
Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad — g‘alaba sari birlashamiz!
Shahrisabz davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ham milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sport bayramida faol ishtirok etmoqda.
O‘yin qanday yakunlanishidan qat’i nazar, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bo‘lgan ishonchimiz zarracha ham susaymadi.
Bugun butun yurtimiz qatori institutimiz rahbariyati, ustozlar va talabalar faollar zalida bir jamoa bo‘lib jamlanib, milliy terma jamoamizni qizg‘in qo‘llab-quvvatladi. Bu — haqiqiy birlik va vatanparvarlikning yorqin namunasidir.
Biz terma jamoamiz bilan faxrlanamiz va ularni doimo qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz!
Olg‘a, O‘zbekiston! Biz sen bilan birgamiz!