WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 FevralFevralFevral 2026 19 ko'rishlar

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi ishtirokida BRGM davlat muassasasi delegatsiyasi Geologiya fanlari universitetiga tashrif buyurdi

.

Fransiyaning nufuzli davlat ilmiy muassasalaridan biri — BRGM (Bureau de Recherches Géologiques et Minières) delegatsiyasi Geologiya fanlari universitetiga rasmiy tashrif bilan keldi.

Tashrif doirasida Geologiya fanlari universiteti hamda BRGM davlat muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari, geologiya, geokartografiya va kadrlar tayyorlash sohalarida kelajakdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Ualid Fuk — Fransiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, Frezo Olive — BRGM Geografiya yo‘nalishi direktori, Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktor, Tomas Fullgraf — BRGM xarita tuzuvchi geologi ishtirok etdilar.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, tashrif doirasida qator ilmiy-amaliy seminar va muhokamalar tashkil etildi. Jumladan:
— “Mineral resurslar geologiyasi, sanoati va qidiruv asoslari”,
— “Geologiya qidiruv ishlarida texnik va iqtisodiy jihatlar”,
— “Foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, konni yopish va yopilishdan keyingi boshqaruv” mavzularida seminar va keng qamrovli muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.

Boshqa yangiliklar