Xitoy delegatsiyasi UrDUning ilmiy va ma’rifiy markazlari faoliyati bilan tanishdi
Xitoyning Lyaonin provinsiyasi delegatsiyasi UrDUning Axborot-resurs markazi, muzeyi va Xitoy markazida bo‘lib, xitoylik talabalar hamda professor Dong Guojun bilan muloqot qildilar.
-
Bugun Xitoyning Lyaonin provinsiyasi delegatsiyasi vakillari rasmiy muzokaralardan so‘ng, rektor Feruza Madrahimova boshchiligida Urganch davlat universitetining ilmiy va ma’rifiy maskanlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar universitetning Axborot-resurs markazi va muzeyida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar hamda oliygohning boy tarixi bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, universitetdagi Xitoy markazi faoliyati, til va madaniyat almashinuvidagi o‘rni o‘rganildi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari xitoylik talabalar ishtirokidagi darslarni kuzatdilar hamda universitetda faoliyat olib borayotgan Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti professori Dong Guojun bilan samimiy muloqot o‘tkazdilar.