20 IyunIyunIyun 2026
9 ko'rishlar
Xitoy delegatsiyasi UrDUdagi "Xitoy–O‘zbekiston markazi" faoliyati bilan tanishdi
XCMG kompaniyalar guruhi vakillari universitet Axborot-resurs markazida joylashgan "Xitoy–O‘zbekiston markazi"da bo‘lib, u yerdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
-
Bugun Urganch davlat universitetiga tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasining XCMG kompaniyalar guruhi delegatsiyasi rasmiy muzokaralardan so'ng, universitet Axborot-resurs markazida joylashgan "Xitoy–O‘zbekiston markazi" bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga markazning tashkil etilish maqsadi, talabalarning xitoy tili va madaniyatini o‘rganishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ushbu markazning ikki davlat o‘rtasidagi ta’limiy aloqalarni mustahkamlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.