Xiva shahrida barpo etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filiali binosining qurilishi o‘rganildi
Xitoy delegatsiyasi Xiva shahrida qurilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filiali va u yerda tashkil etiladigan Konfutsiy instituti loyihasi bilan tanishdi.
-
Bugun Xitoyning Lyaonin provinsiyasi delegatsiyasi vakillari Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.Salayev hamda Urganch davlat universiteti rektori F.Madrahimova hamrohligida Xiva shahrida barpo etilayotgan Lyaonin pedagogika universiteti filiali binosi joylashgan hududga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mehmonlar yangi kampusning loyiha hujjatlari va qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur binoda UrDU bilan hamkorlikda Konfutsiy instituti tashkil etilishi ham belgilangan. Uchrashuv davomida filialda tashkil etiladigan o‘quv yo‘nalishlari, talabalarni qabul qilish tartibi hamda imtihon jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.