WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 AprelAprelAprel 2026 5 ko'rishlar

UrDU va Melaka texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Malayziyada o‘tkazilayotgan ayol rektorlar forumi doirasida Urganch davlat universiteti va Melaka texnika universiteti (UTeM) o‘rtasida rasmiy hamkorlik bitimi imzolandi.

Malayziyaning Melaka shahrida o’tkazilayotgan Oʻzbekiston – Malayziya oliy taʼlim hamkorligi bo’yicha ayol rektorlar forumi doirasida muhim kelishuvga erishildi. Urganch davlat universiteti rektori, professor Feruza Madraximova hamda Malayziyaning Melaka texnika universiteti rektori, professor Massila Binti Kamalrudin o’rtasida o'zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur hujjat ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida akademik almashinuv, qo'shma ilmiy tadqiqotlar o'tkazish hamda texnika yo'nalishlarida ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar