WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
16 NoyabrNoyabrNoyabr 2025 17 ko'rishlar

Fargʼona viloyati va Janubiy Koreyaning Ulsan metropoliten shahri hamkorligi

Fargʼona viloyati va Janubiy Koreyaning Ulsan metropoliten shahri hamkorligi barcha sohalarni qamrab olmoqda va jadal rivojlanmoqda. Jumladan, ikki hudud oʼrtasida taʼlim yoʼnalishida ham ijobiy tendentsiyalar shakllanmoqda.

Kecha 15-oktabr kuni viloyat hokimining oʼrinbosari Nuriddin Mamajonov, Fargʼona davlat texnika universiteti rektori Oʼktam Salomov Janubiy Koreyaning Ulsan universiteti prezidenti O Yon Chon bilan uchrashuv oʼtkazishdi. Muloqotda ikki hududning yirik universitetlari oʼrtasida amalga oshirilayotgan qoʼshma loyihalar, talabalarning tajriba almashishlari oʼz samarasini berayotganligi va kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi. Uchrashuv yakunida Fargʼona davlat texnika universiteti hamda Ulsan universiteti oʼrtasida qoʼshma taʼlim dasturini tashkil etish boʼyicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Boshqa yangiliklar