WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
13 YanvarYanvarYanvar 2026 12 ko'rishlar

Namangan davlat texnika universiteti va Huawei kompaniyasi hamkorligi: universitetda sun’iy intellekt asosidagi "Raqamli boshqaruv" va “Xavfsiz universitet” loyihalari amalga oshiriladi

Namangan davlat texnika universiteti va Huawei kompaniyasi hamkorligi: universitetda sun’iy intellekt asosidagi "Raqamli boshqaruv" va “Xavfsiz universitet” loyihalari amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 22-oktyabrdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF–189-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat texnika universitetida oliy ta’lim tizimini raqamli transformatsiya qilish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari orasida birinchilardan bo‘lib, Namangan davlat texnika universiteti ta’lim, ilmiy va boshqaruv jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishga qaratilgan aniq loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Xususan, Namangan viloyati hokimligining tashabbusi bilan Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — Huawei bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida universitet infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishildi.

Mazkur hamkorlik doirasida universitetda sun’iy intellektga asoslangan “Xavfsiz universitet” tizimini joriy etish, kampus hududida xavfsizlikni ta’minlash, kirish-chiqish va monitoring jarayonlarini raqamli tahlil asosida boshqarish, shuningdek, raqamli boshqaruv tizimini yaratish masalalari belgilab olindi. Ushbu tizimlar orqali boshqaruv jarayonlarida shaffoflik, tezkorlik va samaradorlikni oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga, Huawei kompaniyasining ilg‘or texnologik yechimlari asosida universitetda sun’iy intellekt yo‘nalishida zamonaviy laboratoriya tashkil etish rejalashtirilmoqda. Mazkur laboratoriya talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini real loyihalarda qo‘llash, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Qayd etish joizki, amalga oshirilayotgan mazkur tashabbuslar Namangan davlat texnika universitetining raqamli rivojlanish strategiyasini izchil amalga oshirish, ta’lim sifatini oshirish hamda Prezident farmonida belgilangan ustuvor vazifalarni amaliy natijalar bilan ta’minlashga qaratilgan.

Namangan davlat texnika universiteti bugungi kunda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida yirik loyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlarni o’z oldiga ustuvor vazifa sifatida belgilan va bu bo’yicha amaliy ishlar allaqachon boshlangan.

Boshqa yangiliklar