WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
19 FevralFevralFevral 2026 14 ko'rishlar

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti hamda Qirg‘iziston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Osh davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanmoqda.

Dastur asosida filologiya fakultetining 14 nafar iqtidorli talabasi hamda 1 nafar professor-o‘qituvchisi Osh shahriga yetib borib, hamkor universitetda o‘quv jarayonini rasman boshladi.

Mazkur hamkorlik doirasida akademik mobillik dasturi amaliy bosqichga o‘tdi.

Dastur asosida filologiya fakultetining 14 nafar iqtidorli talabasi hamda 1 nafar professor-o‘qituvchisi Osh shahriga yetib borib, hamkor universitetda o‘quv jarayonini rasman boshladi.

Akademik mobillik dasturi talabalarga:
— zamonaviy auditoriya mashg‘ulotlari va ilmiy seminarlar orqali bilimlarini mustahkamlash,
— qardosh davlat oliy ta’lim tizimi tajribasini bevosita o‘rganish,
— xalqaro akademik muhitda muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish,
— kelajakdagi ilmiy va kasbiy faoliyati uchun muhim tajriba to‘plash imkonini bermoqda.

Shuningdek, dastur talabalarga Qirg‘izistonning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish, millatlararo do‘stlikni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlik muhitida faol ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
 

Boshqa yangiliklar