WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
12 FevralFevralFevral 2026 21 ko'rishlar

GFU delegatsiyasining Ozarbayjonga tashrifi doirasida hamkorlik tadbirlari o‘tkazildi

.

2026-yil 30–31-yanvar kunlari O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahriga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida Geologiya fanlari universiteti (GFU) delegatsiyasi Ozarbayjonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Xususan, GFU delegatsiyasi Boku Davlat universiteti hamda Ozarbayjon Davlat Neft va Sanoat universitetida bo‘lib, ilmiy-tadqiqot ishlari, qo‘shma loyihalar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida GFUning ilmiy salohiyati, ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy laboratoriyalari, xalqaro hamkorlik tajribasi va yashash sharoitlari taqdim etildi.

Tomonlar geologiya, yer osti boyliklari, neft-gaz sohasi va ekologiya yo‘nalishlarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Shuningdek, 2026-yil 31-yanvar kuni Boku shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ta’lim ko‘rgazmasida Geologiya fanlari universiteti faol ishtirok etib, universitetning ta’lim imkoniyatlari va ilmiy salohiyatini targ‘ib qildi. Ko‘rgazma doirasida Ozarbayjon yoshlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, GFUda ta’lim olish va akademik almashinuv dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Boshqa yangiliklar