WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
09 IyulIyulIyul 2026 4 ko'rishlar

KOICA vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

anubiy Koreyaning KOICA tashkiloti vakillari UrDU rektori Feruza Madrahimova bilan uchrashib, koreys tilini o'qitishda sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va yangi volontyor-o'qituvchini jalb qilish masalalarini kelishib oldilar.

Urganch davlat universitetiga KOICA tashkiloti direktorining o‘rinbosari Kim Siyeon boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Feruza Madrahimova qabul qildi. Muloqot davomida KOICA dasturi doirasida koreys tili va madaniyatini o'qitish borasidagi uzoq yillik hamkorlik e'tirof etildi. Kim Siyeon yangi 2026/2027-o‘quv yilidan UrDUda sun’iy intellektga asoslangan koreys tilini o‘qitish loyihasini yo‘lga qo‘yish hamda bir yil muddatga KOICA volontyor-o‘qituvchisini yuborish rejalashtirilayotganini bildirdi. Yakunda tomonlar akademik va ilmiy aloqalarni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

Boshqa yangiliklar