WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
24 AprelAprelAprel 2026 7 ko'rishlar

Ozarbayjon OTMlari bilan hamkorlik aloqalari kengaytiriladi

Urganch davlat universitetiga Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi va Dublin universiteti vakili Farahila Shukurova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurib, o‘zaro ilmiy va akademik hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Bugun Urganch davlat universitetiga “BZT-Turon” akademiyasi prezidenti, Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi katta ilmiy xodimi hamda Dublin universitetining Ozarbayjon bo‘yicha rektori Farahila Shukurova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Feruza Madrahimova qabul qildi. Muzokaralar davomida UrDU hamda Ozarbayjonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari o‘rtasida aloqalar geografiyasini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar hamkorlikda ilmiy konferensiyalar o‘tkazish, ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro loyihalarda ishtirok etish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.

Boshqa yangiliklar