WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
01 AprelAprelAprel 2025 96 ko'rishlar

Maktablar bilan hamkorlik – ustuvor vazifa.

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, ayniqsa, umumta’lim maktablarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalarining ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun Qo‘qon davlat pedagogika institutida rektor Dilnoza Xodjayeva boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilish maktablar bilan hamkorlikni rivojlantirish, integratsiyani mustahkamlash kabi dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.  

Ta’kidlandiki, institutga biriktirilgan 9 ta maktab bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning rivojlantirishga hissa qo‘shish ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib ushbu maktablarda pedagogik jarayonni yanada takomillashtirish va o‘quvchilarga sifatli ta’lim berishni ta’minlash maqsadida xalqaro baholash dasturlari asosida ta’lim dasturlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar bildirildi.  

Yig‘ilish yakunida maktablar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ta’lim jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish va o‘quv-tarbiyaviy ishlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.

Boshqa yangiliklar