14 MayMayMay 2026
10 ko'rishlar
Turkiyaning Ordu universitet bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida Ordu University rektori professor Orhan BAŞ boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalar hamda Erasmus+ va xalqaro grantlar doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, mehmonlar universitetning o‘quv laboratoriyalari, axborot-resurs markazi va sport majmualari faoliyati bilan tanishib, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.