WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← Barcha yangiliklar
08 AvgustAvgustAvgust 2026 14 ko'rishlar

JDPUda WFK IT ko‘ngillilar dasturi doirasida madaniy almashinuv va sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Sejong universitetining WFK IT ko‘ngillilar guruhi hamda JDPU talabalari ishtirokida madaniy almashinuv dasturi tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Koreya madaniyati va milliy an’analari bilan yaqindan tanishib, koreys taomlarini tayyorlash jarayoni namoyish etildi. Shuningdek, JDPU talabalari tomonidan o‘zbek milliy madaniyati va musiqiy an’analarini aks ettiruvchi badiiy dastur taqdim etildi.


Mazkur tadbir ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida madaniyatlararo muloqot, do‘stlik va o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Dastur yakunida IT, sun’iy intellekt va Koreya madaniyati yo‘nalishlaridagi mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan JDPU talabalariga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi

Boshqa yangiliklar