Vazir o’rinbosari UrDUda Xitoyning XCMG qo’shma korxonasi rahbariyati bilan uchrashdi
Oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov Urganch davlat universitetida "Uz XCMG" rahbariyati bilan dual ta’lim va muhandislik yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash masalalarini muhokama qildi.
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomovning Urganch davlat universitetiga tashrifi doirasida "Uz XCMG" qo‘shma korxonasi bosh direktor o‘rinbosari Su Haiy Ang hamda korxona vakillari bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqotda UrDU va XCMG o‘rtasida dual ta’lim tamoyillari asosida texnika, mashinasozlik va iqtisodiy boshqaruv sohalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari ko‘rib chiqildi. Vazir o‘rinbosari zamonaviy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish muhimligini ta’kidlab, xalqaro standartlarga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha muzokaralar olib bordi.